Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Amiran va Maryam yarashib olgani rostmi?

Amiran va Maryam yarashib olgani rostmi?

Xabaringiz bor, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva Amiran Sardarov bilan ajrashganiga uch oydan oshdi. Ular bir yildan kamroq vaqt davomida turmush qurishgandi.

Amiran Peopletalk nashriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, ular yana yarashmoqda. Ikki yosh hammasini boshidan boshlashga qaror qilishgan.

«Biz u bilan haqiqatan ham yarashdik. Men may oyida Dubayga jo‘nab ketdim, biz uzoq vaqt yozishdik, munosabatlarni tartibga soldik va bir nuqtada men uni sevishimni angladim. Bu men bilan birga bo‘lishni hohlagan ayoldir», - dedi Sardarov.

Amiran sobiq rafiqasini BAAda uchrashish uchun kutayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maryam Tillayeva o‘z eri Amiran Sardorovni o‘g‘irlikda ayblab chiqqandi. Uning aytishicha, Tillayevaning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov tomonidan sovg‘a qilingan qimmatbaho ziraklar seyfdan yo‘qolib qolgan.

Kiritildi: 06:40 10.05.2022. O'qildi: 6372 marta. Fikrlar soni: 22 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!