Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Amerika tarixidagi eng qimmat uy sotuvga qo‘yildi

Amerika tarixidagi eng qimmat uy sotuvga qo‘yildi

AQSh tarixidagi eng qimmat uy – Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrining hashamdor mavzesi hisoblanadigan Bel-Eyrdagi qasr sotuvga qo‘yildi. "The One" nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu qasr  340 million dollarga baholangan.

Bu haqda  The Sun xabar bermoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, salkam 10 ming kvadrat-metr maydondagi bu turarjoy Yer yuzidagi eng katta xususiy uy sanaladi.  "The One" yer sathidan ancha baland nuqtada  tiklangan bo‘lib, u yerdan   Los-Anjeles kaftdek ko‘rinib turadi.

Qasr 21 ta yotoqxona, 42 ta vannaxona, 5 ta basseyn, kegelban o‘ynash uchun to‘rt yo‘lakli maydoncha, 30 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan garaj, kinoteatrni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, binoning bir qanoti xayriya tadbirlari o‘tkazish uchun mo‘ljalab qurilgan. Interyerlar g‘ayrioddiy mebellar hamda neytral ranglar gammasi bilan ajralib turadi. Uy zamonaviy san’at asarlari bilan bezatilgan.

Ushbu qasr amerikalik kinoprodyuser Nayl Nayamiga tegishli. U  "The One" qasrini  2013 yildayoq qurishni boshlagan edi. Uy qurilishida 600 dan ortiq odam ishtirok etgan. Uyning loyihasi  mashhur me’mor  Pol Maklin tomonidan ishlangan.

Ayni paytga qadar, AQSh tarixida eng qimmat narxda sotilgan uy Nyu-York shtatining Xempton shahrida joylashgan bo‘lib, u 2014 yilda 137 million dollarga baholangan.

Kiritildi: 05:30 15.01.2021. O'qildi: 4795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!