Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Amerika SSSRni qanday vayron qilgan?

Amerika SSSRni qanday vayron qilgan?

1991 yilda Sovet Ittifoqining qulashiga sabab bo‘lgan omillardan biri AQShning aralashuvi edi. Bu haqda amerikalik jurnalist Ted Roll CounterPunch nashridagi maqolasida yozadi, RIA Novosti xabariga asosan.

Muallif ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar SSSR paydo bo‘lgan zamondan boshlab qayta-qayta hujumlar o‘tkazgan, sabotaj namoyishlarni amalga oshirdi va SSSRni ichidan buzishga harakat qildi.

Birinchi hujum 1917 yilda, Oktyabr inqilobi avjida sodir bo‘lgan. O‘shanda o‘n minglab AQSh askarlaridan iborat ekspedision kuchlar mamlakatga bostirib kirishdi. Sovet Rossiyasiga Amerikaning "chaqirilmagan mehmonlari" dan qutulish uchun uch yil kerak bo‘ldi.

1941-1945 yillarda, Ikkinchi Jahon urushi davrida SSSR va AQSh fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashda ittifoqchilar edilar. Biroq, millionlab Sovet fuqarolari vermaxtga qarshi kurashda o‘zlarini qurbon qilayotgan paytda, amerikaliklar haqiqiy urushga 3 yilgacha qo‘shilmasdan turishdi.

Yana bir fakt - 1960 yilda amerikalik josus Frensis Gari Pauyers boshqaruvidagi sovet raketasi yordamida urib tushirilgan samolyot. Roll fikriga ko‘ra, AQSh samolyotining Sovet havo hududiga kirishining o‘zi - urush akti edi.

1982 yilda Prezident Ronald Reygan Markaziy razvedka boshqarmasining "begunoh" rejasini qabul qildi, bunga asosan Sibir orqali tabiiy gazni yetkazib beradigan gaz quvuridagi portlatish nazarda tutilgan. Rejada mo‘ljal qilinishicha, Sovet Ittifoqiga g‘arbiy quvurlarni boshqarish tizimini o‘g‘irlashga ruxsat beriladi, ammo nasoslar, turbinalar va klapanlarni boshqaruvchi bu tizim bir muncha vaqt normal ishlashdan keyin "yaroqsiz" holatga tushishi kerak edi.

Buning natijasida iqtisodiy tanazzul, tabiiy muhit uchun falokat va "kosmosdan ko‘rsa bo‘ladigan eng kuchli yadroviy bo‘lmagan portlash va yong‘in" sodir bo‘lishi kerak edi.

Reygan davrining yana bir loyihasi iqtisodiy sabotajni o‘z ichiga oldi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Saudiya Arabistonini Sovet Ittifoqi uchun energiya tashuvchilarni ishlab chiqarishning naqadar muhimligini anglab, neft qazib olishni ko‘paytirishga ishontirdi. Natijada, butun dunyo bo‘ylab neft va gaz narxlari pasayib ketdi va Sovet iqtisodi beqarorlik holatiga tushdi.

Maqolaning oxirida Ted Roll  Rossiya AQSh sayloviga aralashgani bu "holva" AQSh SSSRni yo‘q qilish uchun "juda ko‘p ishlagan" degan xulosaga keladi.

 

Kiritildi: 15:11 22.01.2020. O'qildi: 6012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!