Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Alloh suygan ikki xislat

Alloh suygan ikki xislat

Abu Qays qabilasining elchilari Madinaga kelishdi. Tuyalaridan tushiboq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ziyoratlariga shoshilishdi. Ashaj roziyallohu anhu esa yuklarini xotirjam tushirdi, tuyasini o‘tlashga qo‘yib yubordi. So‘ng yuvinib, toza kiyimlarini kiydi. Masjidga kirib, ikki rakat namoz o‘qidi. Shundan keyin Payg‘ambarimizni ziyorat qildi. Allohning Rasuli uning bu odatini yoqtirdilar va: "Ey Ashaj, senda Alloh suyadigan ikki xislat bor. Ular halimlik va shoshmaslikdir", deb marhamat qildilar. (Muttafaqun alayh)

Alloh taolo taqvodor kishilarni madh qilib Oli Imron surasining 134-oyatida shunday deydi: “(Ular) yaxshi-yomon kunlarida ham xayru ehson qiladigan, g‘azablarini ichga yutadigan, odamlarning xato-kamchiliklarini kechiradigan kishilardir. Alloh taolo (mana shunday) yaxshilik qiluvchi kishilarni sevadi”.

Keling, Alloh taolo suyadigan shu ikki amal haqida o‘rganamiz.

Halimlik nima?

Halimlik bu g‘azab kelgan vaqtida ham o‘zini jilovlab, quvvati yetsa-da gunohkorni afv etishdir. Jazo berishga imkoni bo‘lmagani uchun kechirib yuborish emas. Balki bu ojizlik hisoblanadi.

Bosiqlik esa biron ishda shoshma-shosharlik qilmaslik, masalaning asl mohiyatini anglab, aql bilan ish ko‘rishdir.

Darhaqiqat, bugungi kunimizda xam ushbu ikki xislat naqadar zarur ekanini his qilayapmiz. Ozgina narsa uchun alamzada bo‘lib odamlarni jazolashga shoshadigan, bir ishni bilar-bilmas, shoshib qilib, vaziyatni to‘liq bilmay xulosa qilishga shoshadigan, keyin afsuslanib yurganlar jamiyatida bunday xislatlar oltinga tengdir.

Xalimlik Alloh taoloning sifatlaridandir. U Zot o‘z kalomida shunday deydi:

“Alloh Aliym (hamma narsani biluvchi) va Halimdir” (Ahzob surasi, 51 oyat).

Kelinglar, biz xam Allohning sifatlari bilan xulqlanaylik. U Zotning sevimli bandalari qatorida bo‘laylik. Zero, Allohning muhabbatiga erishgan bandalar ikki dunyoda xam saodatli bo‘ladilar. Inshaalloh.

Kiritildi: 22:01 19.10.2019. O'qildi: 7818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!