Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Allamjonov Ortiqxo‘jayev ishi haqida: "Ishonamizki, ish oxiriga yetkaziladi"

Allamjonov Ortiqxo‘jayev ishi haqida: "Ishonamizki, ish oxiriga yetkaziladi"

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari Komiljon Allamjonov Ortiqxo‘jayev va "Kun" nashri o‘rtasidagi kelishuv yuzasidan  fikr bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi shuni ma’lum qiladiki, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq vaziyat o‘z yechimini topdi, buni ikki tomon ham tasdiqlab turibdi .

Mazkur nizoning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlar tomonidan faol tarzda muhokama qilinishi, bunga Bosh prokuratura, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Adliya vazirligi va siyosiy partiyalarning tezkor munosabat bildirishi mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining kuchi tobora ortayotgani, jamiyatda demokartik o‘sishning shakllanayotgani, OAVning bosqichma-bosqich “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylanayotgani, respublikamizning ochiqlik sari dadil odimlayotganidan dalolat beradi.

Vaziyatni yanada chigallashtirishga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, Kun.uz tahririyati iltimosini inobatga olgan holda, Agentlik blogerlar va jurnalistlarni shahar hokimining ushbu nashr jamoasi bilan uchrashuvi natijalarini hisobga olishga va bundan keyin bu mavzuni bo‘rttirmaslikka chaqiradi.

Ishonamizki, tegishli davlat idoralari tomonidan ushbu masalani o‘rganish ishlari oxiriga yetkaziladi va unga to‘laqonli huquqiy baho beriladi, deb yozdi Allamjonov.

Kiritildi: 12:08 18.11.2019. O'qildi: 3461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!