Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«All Nippon Airlines» aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

«All Nippon Airlines» aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston delegasiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov «All Nippon Airlines» (ANA) aviakompaniyasi vise-prezidenti Junichiro Miyagava bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda Yaponiyadan mamlakatimizning tarixiy shaharlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish, yurtimizga keluvchi yaponiyalik sayyohlar oqimini oshirish va turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

«All Nippon Airlines» aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yaponiya tomonga O‘zbekistonning boy turistik salohiyati hamda davlat rahbari boshchiligida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jumladan fuqarolik aviatashuvlar bozorini liberallashtirishga oid chora-tadbirlar, mamlakatimizning hududiy aeroportlarida ochiq osmon rejimining joriy etilishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Samarqanddagi yangi zamonaviy aeroport terminali hamda “Silk Road Samarkand” turistik markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratildi.

«All Nippon Airlines» aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildiJunichiro Miyagava, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston yaponiyalik sayyohlar uchun jozibador mamlakat ekanini qayd etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar sabab yaponiyalik turistlarning yurtimiz tarixi va madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotgani ta’kidladi.

2022 yilning 4 avgustidan «Uzbekistan airways» AJ tomonidan “Toshkent-Tokio-Toshkent” xalqaro yo‘nalishidagi muntazam reyslar tiklangani hamda fuqarolik aviatashuvlarni rivojlantirishda yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini inobatga olib, ANA aviakompaniyasining Yaponiyadan O‘zbekistonning turistik shaharlari (Samarqand, Buxoro, Urganch) ga aviareyslarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

«All Nippon Airlines» aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Yaponiya turistik agentliklar assosiasiyasi (JATA) ko‘magida Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga oid promo-tadbirlar o‘tkazish, kunchiqar mamlakat turkompaniyalari va OAV vakillari ishtirokida info-tur tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning transport logistikasi, xususan Samarqanddagi yangi aeroport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan manzilli muzokaralar o‘tkazish uchun ANA aviakompaniyasi rahbariyati tashrifi rejalashtirildi. Bundan tashqari, «All Nippon Airlines» kompaniyasining Tokio va Osaka shaharlaridan Samarqand shahriga charter dasturlarini amalga oshirish masalasini ishlab chiqishga kelishildi.

Kiritildi: 10:13 05.10.2022. O'qildi: 1685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!