Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Alisher Sa’dullayev: Javohirning oldida yana bir katta marra turibdi

Alisher Sa’dullayev: Javohirning oldida yana bir katta marra turibdi

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi 2025 finali doirasida hamyurtimiz Javohir Sindarov xitoylik Vey Yiga qarshi dona surdi. ​Hal qiluvchi bahsda Javohir raqibini tay-brekda mag‘lub o‘tib, Jahon kubogi 2025 g‘olibiga aylandi.

Chempionlikdan so‘ng Shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sa’dullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- G‘alaba muborak bo‘lsin. Buni so‘z bilan ta’riflash qiyin. 19 yoshida eng yosh Jahon kubogi g‘oliblaridan biri bo‘lib, butun dunyo shaxmat afsonalari qatoriga kirdi. U har kuni tinimsiz mashq qilib, shaxmat turnirida 3, 4, 5, 8 soatlab shaxmat o‘ynab, eng og‘ir formatda Jahon kubogiga ega chiqdi. Bundan tashqari, u "Nomzodlar turniri"ga yo‘llanma oldi. Javohirning oldida yana bitta katta marra turibdi. Tinimsiz mehnat qilinsa, murabbiylar bilan birgalikda ishlansa, shaxmat tojini O‘zbekistonga olib kelish mumkin.

- Yana bir bor g‘alaba muborak bo‘lsin vatandoshlar. Uning ustozlari, ota-onasini ham tabriklayman. Mana shunday o‘g‘lonlarimiz bilan faxrlansak arziydi.

Kiritildi: 19:06 26.11.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!