Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Alimentdan qochib yurgan Uchqo‘rg‘onlik otalarning aqli endi qamoqda kiradi

Alimentdan qochib yurgan Uchqo‘rg‘onlik otalarning aqli endi qamoqda kiradi
Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi va ma’muriy sud hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi sayyor sudda otalik burchini unutgan fuqarolarga ma’muriy chora ko‘rildi, deb xabar beradi MIB Namangan viloyat boshqarmasi.
Aniqlanishicha, tumanning Qozoqovul mahallasida yashovchi qarzdor R. Z fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudning 2017 yil yil 6 iyuldagi qaroriga ko‘ra undiruvchi X.A foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin, u majburiyatga panja orasidan qarab, to‘lovni vaqtida amalga oshirmay keladi.
Boz ustiga Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantiriladi. Biroq bundan tegishli xulosa olmagan R.Z ning alimentdan qarzdorlik naqd 11 million 368 ming so‘mga borib yetadi. Natijada qarzdorlik bartaraf etilmaydi va 18 fevral kuni bo‘lib o‘tgan sayyor sudda unga o‘n besh sutkalik ma’muriy qamoq jazo tayinlandi.
19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan sayyor sudda esa Ko‘prikboshi va Turkiston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar S.M va B.E larning ishi ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Ya’ni, S.M alimentdan 25 million 55 ming so‘m, B.E sa 1 million 500 ming so‘m qarzdorligini to‘lash o‘rniga turli bahonalarni ro‘kach qilishdan nariga o‘tmadi. Har ikki fuqaroga ham bo‘lib o‘tgan sayyor sud qarori bilan o‘n besh sutkalik ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda 2019 yilning yanvar hamda fevral oylarining shu kuniga qadar 14 nafar aliment to‘lovchi qarzdorlarga nisbatan sud qarori asosida o‘n besh sutka ma’muriy jazo qo‘llanilgan.
Manba: vodiymedia.uz
Kiritildi: 07:00 20.02.2019. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!