Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Aliment to‘lamagani uchun javobgarlikka tortilgan erkak ozod etildi

Aliment to‘lamagani uchun javobgarlikka tortilgan erkak ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 06.09.2018 yildagi ajrimiga ko‘ra M.Yulchiyevga nisbatan jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rildi.

Ishonchli manbamizning yozishicha, ish holatiga ko‘ra M.Yulchiyev fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining 21.02.2013 yildagi hal qiluv qaroriga asosan S.Zokirovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim bo‘lsada, 2013 yil 21 fevraldan 2016 yil noyabr oyiga qadar jami 6.835.072 so‘m aliment pulini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining 10.04.2017 yildagi hukmi bilan oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining 21.12.2017 yildagi ajrimiga ko‘ra o‘talmay qolgan 1 yil 10 oy 14 kun axloq tuzatish ishlari jazosi JKning 46-moddasiga asosan shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib qidiruv e’lon qilingan hamda 10.01.2018 yilda ushlanib, jazoni o‘tab kelgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi kassasiya instansiyasining 23.02.2018 yildagi ajrimi bilan hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 13-moddasida Qilmishning jinoyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar tatbiq etiladi deb qayd etilganligi;

O‘zbekiston Respublikasi 09.01.2018 yildagi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida gi O‘RQ-459-sonli Qonuni bilan JKning 122-moddasi 1-qismida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlik kelib chiqadi deb ko‘rsatilganligi, shuningdek, ushbu Qonun 10.07.2018 yil kuchga kirganligi va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa aybsiz deb topilishi va reabilitasiya qilinishi lozimligi ko‘rsatilganligidan kelib chiqib, M.Yulchiyevga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining 10.04.2017 yildagi hukmi va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi kassasiya instansiyasining 23.02.2018 yildagi ajrimini bekor qilib, M.Yulchiyevning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilgan va u qamoqdan ozod ozod etildi.

Kiritildi: 09:33 20.02.2019. O'qildi: 1723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!