Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Aktyor to‘rtinchi turmushi bilan to‘yidan to‘rt kun o‘tib ajrashishga qaror qildi

Aktyor to‘rtinchi turmushi bilan to‘yidan to‘rt kun o‘tib ajrashishga qaror qildi

Aktyor Nikolas Keyj to‘yidan to‘rt kun o‘tib nikohni bekor qilish haqida ariza berdi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi. O‘tgan shanba, 23 mart kuni aktyor o‘z mahbubasi vizajist Erika Koyke bilan turmush qurgan edi. Juftlik Las-Vegasda nikohdan o‘tgan.

Aktyor o‘zining bu qarorini izohlashni istamagan, faqat nikoh hujjatining bekor qilinishini so‘ragan. Agar bunday qilishning imkoni bo‘lmasa, u to‘laqonli ajrashish jarayonini boshlashga ham tayyor.

Ma’lum qilinishicha, juftlik 2018 yilda uchrashishni boshlagan. Koyke Keyjning to‘rtinchi turmushi hisoblanadi. 1995 yilda u xonanda Patrisiya Arkettga oila qurishni taklif qilgan va ular olti yil oila bo‘lib yashashgan. Aktyorning ikkinchi rafiqasi Elvis Preslining qizi Liza Mariya bo‘lib, ular to‘ylaridan 109 kun o‘tib ajrashib ketishgan. Undan so‘ng Keyj aktrisa Elis Kim bilan eng uzoq yillik - 12 yillik oilaviy hayot qurdi. Ular 2016 yilda ajralishdi. Juftlikning Kal El ismli o‘g‘li ham bor.

Kiritildi: 21:23 29.03.2019. O'qildi: 3506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!