Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Akfa” ishi Bosh Prokuraturaga oshirildi

“Akfa” ishi Bosh Prokuraturaga oshirildi

Madaniyat vazirligi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Xivadagi Tosh-hovli majmuasiga o‘rnatilgan alyumin romlarning tarqalgan suratiga munosabat bildirib, bu ish bilan prokuratura shug‘ullanishini ma’lum kildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi 265-sonli Qarorining 11-ilovasi asosan, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti Kengashining madaniy meros ob’ektlarida olib boriladigan har qanday ta’mirlash va tiklash ishlari bo‘yicha bajariladigan ishlar smeta loyihalari taqdim etilgan holda, ilmiy xulosa olish belgilangan.

Madaniyat vazirligi tomonidan Xiva shahridagi Ichanqal’a muzey qo‘riqxonasi hudidagi Tosh-hovli majmuasiga o‘rnatilgan “Akfa” romi Ilmiy-ekspert Kengashidan ruxsat olmasdan o‘rnatilgani aniqlandi, shu bois bu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib o‘rganib chiqildi va mavjud muammo bartaraf etildi.

Vazir topshirig‘i bilan hujjatlar Bosh prokuraturaga oshiriladi, madaniy meros ob’ektlariga yekazilgan zarar uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi.

Ayni vaqtda romlar olib tashlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Euronews kanali 2016 yilda Tosh-hovli saroyi haqida hikoya qiluvchi reportajini butun dunyo bo‘ylab efirga uzatgan edi.

Kiritildi: 11:35 12.12.2019. O'qildi: 4221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!