Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ajabo! Qushlar orasida ham ijtimoiy tabaqalanish bor ekan?!

Ajabo! Qushlar orasida ham ijtimoiy tabaqalanish bor ekan?!

Naked Science nashrining yozishicha, Germaniyadagi Maks Plank jamiyatining hayvonlar xatti-harakatini o‘rganish instituti olimlari o‘tkazgan tadqiqot qushlar orasida ham ijtimoiy tabaqalanish borligini ko‘rsatgan. Ilgari bunday bo‘lishi mutlaqo mumkin emas, deb hisoblanardi.

Tadqiqotchilar bir turga mansub 400 ga yaqin parrandaning odatlarini kuzatdi va qushlarning alohida guruhlarga tegishli bo‘lgan ko‘p darajali murakkab munosabatlari borligini, aynan “Gvineya qushi” deb ataluvchi turning 18 ta guruh - oilaga bo‘linishini aniqladilar.

Bu guruhlar garchi o‘zaro aralashib ketishsa-da, baribir, o‘zlarining  dastlabki tabaqasiga qaytib kelishgan. Bundan tashqari, guruhlarning o‘zaro uchrashuvlari ham tasodifiy emas – ular o‘zaro kelishib, jips jamoaga aylanishar, bu tur qushlari boshqalariga qaraganda o‘zaro do‘stlikka alohida e’tibor berar ekan.

 

Kiritildi: 19:05 17.11.2019. O'qildi: 2837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!