Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ai-80 benzinining birja narxlari pasaydi

Ai-80 benzinining birja narxlari pasaydi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va boshqa idoralar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlardan so‘ng birjada Ai-80 markali avtomobil benzini narxi pasayishni boshladi.

Uch kun ichida yoqilg‘i narxi 9 foizga arzonlashdi. Agar 15 noyabr kuni birja savdolarida Ai-80 markali benzinning o‘rtacha sotish narxi bir tonna uchun 10,13 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 17 noyabrda 9,36 million so‘mga, 18 noyabrda esa 9,18 million so‘mgacha pasaydi.

Xususan, mamlakatda ishlab chiqariladigan benzinning asosiy qismini ishlab chiqaruvchi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mahalliy xomashyodan olinadigan yoqilg‘i narxini 8 foizga — 1 tonnasini 9,29 million so‘mgacha pasaytirdi.

Kiritildi: 16:52 19.11.2021. O'qildi: 4002 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!