Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Agroklasterda asalari olish mavsumi boshlandi

Agroklasterda asalari olish mavsumi boshlandi

Andijon vioyati Bo‘ston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterining asalarichilik tarmog‘ida asal olish mavsumi boshlandi.

Xususan, “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterining asalarichilik tarmog‘ida asal olish ishlari jadal olib borilayotgan bo‘lib, bu borada har bir asalari oilasidan 15-18 kilogramdan asal olishga erishilyapti. Asal olish ishlari shu kungacha agroklasterning 5, 22, 30 va 34 bo‘limlarida olib borilgan bo‘lib, jami 1 tonna 800 kilogram salmoqli asal olishga erishildi.

-Asalari parvarishida ob-havo ham muhim rol o‘ynaydi, -deydi qishloq xo‘jaligi klasterining asalarichilik tarmog‘i mutaxassisi Avazbek Qurbonov.

–Bu yilgi ob-havo ham asalarichilik tarmog‘iimiz uchun qulay keldi. Har bir asalari oilasidan 15-18 kilogramdan asal olishga erishayapmiz.

Ma’lumki asalarichilik serdaromad soha. Bir kilogram hushta’m, toza va tabiiy asal 60 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha sotilishini hisobga olsak ushbu tarmoqdan olinajak daromad bir mavsumning o‘zida qariyb 160 million va undan ham oshishi mumkin.

Bugun paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterining keng dala maydonlarida, g‘o‘za shonalaridan tabiiy nektar va gulchang yig‘ib, qulay shart-sharoitlarda parvarishlangan aslarilar muddatidan erta asal yig‘ishga kirishdi. Bu esa asal olish mavsumini ham erta boshlanishiga zamin yaratdi.

Ammo, keyingi paytlarda qishloq xo‘jaligi klasteridan tashqarida bo‘lgan ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘za parvarishida belgilangan tartib bo‘yicha zaharli gerbisidlarni kechgi mahalda sepishga amal qilinmagi oqibatida klasterda parvarishlanayotgan asalarilar keskin xavf ostida qoldi.

Shunday bo‘lsada, agroklaster asalarichilik tarmog‘ining tajribali mutaxassislari sa’y-harakatlari bilan asalarilar xavfdan xoli etildi va bugungi kunda asal olish mavsumida belgilangan reja asosida asal olishga erishilyapti .

E’tiborlisi, asalarichilik tarmog‘i nafaqat qishloq xo‘jaligi klasteri tizimida mehnat qilayotgan ishchi xodimlarning daromadini yanada oshiryapti, balki yurtimiz bozorlarida hushta’m, toza va tabiiy asal mahsulotining yanada arzon bo‘lishiga hissa qo‘shyapti.

Ma’lumot uchun mazkur agroklaster ma’muriyati tomonidan joriy yil boshidan asalarichilik tarmog‘i tashkil etilgan bo‘lib, Ukraina davlatidan olib kelingan “Karpat” zotiga mansub asalarining 120 dona qutiga joylangan 240 ta oilasi klasterning 12 ta bo‘limida parvarishlashga kirishilgan edi. Ayni damda birinchi asal olish mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Ilhomjon TOJIBOYEV,

“Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi

Paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasteri matbuot xizmati xodimi

Kiritildi: 13:20 02.08.2021. O'qildi: 2301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!