Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Agrobank” filialining sobiq boshqaruvchisi mijozlarning 520 mln so‘mini talon-toroj qildi

“Agrobank” filialining sobiq boshqaruvchisi mijozlarning 520 mln so‘mini talon-toroj qildi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tadbirkorlarning 520 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq bank boshqaruvchisi fosh etildi. Bu haqda Sputnik nashriga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tekshiruvda ATB “Agrobank” Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi A.G. “T.P.” fermer xo‘jaligi rahbarining xabardorligisiz uning nomidan 17,6 mln so‘m mablag‘larni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisob raqamiga o‘tkazgan. Bundan tashqari, “D.V.” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun bankka to‘langan 17 mln so‘m naqd pullarni o‘zlashtirgan.

Shuningdek, u 3 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ularning xabardorligisiz jami 520 mln so‘m kredit rasmiylashtirgan. Keyin pullarni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborib, talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozir tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:20 12.08.2020. O'qildi: 2617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!