Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Afsuski taksi sohasini lisenziyalash masalasi bo‘yicha tartiblarimiz judayam og‘irlashtirib qo‘yilgan» – Kusherbayev haydovchining savoliga javob berdi

«Afsuski taksi sohasini lisenziyalash masalasi bo‘yicha tartiblarimiz judayam og‘irlashtirib qo‘yilgan» – Kusherbayev haydovchining savoliga javob berdi

“O‘zbekiston24” telekanalida efirga uzatilgan partiya vakillari nomzodlarining saylovoldi chiqishlariga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev taksi haydovchilarini qiynayotgan masala, lisenziyalashga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda taksi haydovchisi videomurojaat qildi.

“O‘zLiDePga bitta savolim bor edi. Biz “Yandeks taksi”da ishlaymiz. Hammasi yaxshi, daromad qilyapmiz, xalqimizga xizmat ko‘rsatyapmiz. Partiya lisenziya masalasida qanaqa qulayliklar yaratib bera oladi?” – dedi haydovchi.  

“Afsuski taksi sohasini lisenziyalash masalasi bo‘yicha tartiblarimiz judayam og‘irlashtirib qo‘yilgan. Oddiy aytganda ruxsat berishdan ko‘ra, ruxsat bermaslikka moslangan. Shuning uchun hozirda odamlarimiz ko‘rayapmiz “Yandeks taksi”, “My taxi” kabi yangi innovasion loyihalardan amalda foydalanyapti. Chunki u yerda qulaylik bor. Biz mana shu kabi yangi innovasion loyihalarning amaliyotga tadbiq qilinishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Kelgusida aynan haydovchilik yo‘nalishida lisenziyalashni soddalashtirish, yengillashtirish, uning narxlarini tushirish masalasini ilgari suramiz”, – deya javob berdi deputat.

Kiritildi: 09:35 20.11.2019. O'qildi: 2409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!