Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Afsus! Toshkentda yo‘qolgan 2 yashar bolakay o‘lik holda topildi

Afsus! Toshkentda yo‘qolgan 2 yashar bolakay o‘lik holda topildi

Joriy yilning 9 avgust kuni Yangiyul tumani "Ubay Musayev" mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasi, 7-uyda istiqomat qilgan, 2018 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan Umidjon Jamshid o‘g‘li Rixsitillayev yo‘qolgandi.

Bolaning uyidagilar va qo‘ni-qo‘shnilari uni mahalla hududidan oqib o‘tuvchi "Junariq" kanalida cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin, deb gumon qilishgandi.  

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari bir necha kundan beri "Junariq" kanalida qidiruv ishlari olib borishdi.

Bugun, ya’ni 12 avgust qidiruv ishlari davomida voyaga yetmagan Umidjonning jasadi kanaldan topildi...

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati.

PS. Ertaga, 13 avgust kuni ushbu holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan batafsil axborot beriladi. Shuningdek, "Junariq" kanali bo‘ylarida kelgusida fuqarolar muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ham ma’lumot e’lon qilinadi.

 

Kiritildi: 21:40 12.08.2020. O'qildi: 5601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!