HH.ru platformasiga ko‘ra, Rossiya kompaniyalari Afrikadan ishchilarni rekord darajada jalb qila boshladi. Ko‘rinishidan, Rossiyada kadrlar yetishmasligi boshqa qit’alarda “iste’dodlarni” izlashga majbur qilmoqda.
2024 yilning birinchi yarmida Rossiya kompaniyalari ish taklif etishi keskin oshgan 10 ta davlatdan 7 tasi Afrikada joylashgan. Masalan, Keniyada e’lonlar soni 39 barobar, Zimbabveda 15 barobar, Kamerunda esa 9 barobar oshdi. Qayd etish kerak, rossiyalik ish beruvchilar nihoyat Afrika qit’asining “salohiyatini” qadrlay boshladi.
Ammo rossiyalik ish beruvchilar nafaqat Afrika aholisni jalb qilmoqda. Ruslar, shuningdek, Albaniya, Pokiston, Belgiya, Islandiya, Nepal va boshqa mamlakatlarda vakansiyalarni faol ravishda joylashtirmoqda. Bo‘sh ish o‘rinlari soni bo‘yicha Qozog‘iston va Belorusiya yetakchilik qilmoqda. Ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari Turkiya va Serbiyada ham joylashtirilgan. Rossiya “global mehnat migrasiyasi markaziga” aylanayotganga o‘xshaydi.
Ta’kidlash joiz, vakansiyalar aksariyati IT, SMMga o‘xshash yo‘nalishlar bilan bog‘liq. Shuningdek, top-10 lik ichida logistika, qurilish, san’at va OAVdagi vakansiyalar joy olgan. Fikrimizcha, Rossiyaning o‘z professional kadrlarini tayyorlash o‘rniga chetdan mutaxassislarni “import” qilishga stavka qilishi ko‘zlangan natijani bermaydi.
Shubhasiz, ishchi qo‘llar yetarli emasligi, tug‘ilish deyarli yo‘qligi - Moskvani shunday “ekstremal” choralarni ko‘rishga majburladi.