Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas. Bu haqda AFP xabar berdi.
"Ukraina Qurolli Kuchlari Kurskda “qancha zarur bo‘lsa, shuncha vaqt” qolishni rejalashtirmoqda", deb yozadi agentlik.
Qayd etilishicha, ukrainaliklar Rossiya Federasiyasiga yurishning eng yuqori cho‘qqisida 1400 kvadrat kilometrga yaqin maydonni nazorat qilishgan. Hozirda Ukraina armiyasi Kursk viloyatining qariyb 800 kvadrat kilometr hududini nazorati ostida saqlab qolmoqda.
AFP manbalariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Donesk viloyatida Pokrovsk va Kuraxovo tomon yurishda davom etmoqda. Rus qo‘shinlari Kuraxovo yo‘nalishida har kuni 200-300 m oldinga siljishga muvaffaq bo‘lmoqda.