Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Aeroportda bo‘ron tufayli 11 ta reys bekor qilindi va 38 ta reys qoldirildi

Aeroportda bo‘ron tufayli 11 ta reys bekor qilindi va 38 ta reys qoldirildi

Nur Sulton xalqaro aeroportida 38 ta reys qoldirildi, 11 tasi bekor qilindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz aeroport matbuot xizmatiga tayanib.

Boshqa shaharlardan havo kemalarining kech yetib kelishi va aeroportda yomon ob-havo kuzatilayotgani sababli 22 ta reys, xususan, «Eyr Astana» aviakompaniyasining 9 ta reysi (jumladan, Omsk, Toshkent, Moskva va Kiyevdan kelayotgan xalqaro reyslar), SCAT aviakompaniyasining 8 ta reysi (shu jumladan Ulan-Bator, Moskva va Pragadan xalqaro reyslari), Qazaq Air aviakompaniyasining Olma Ota va Kostanayga 2 ta reysi hamda Fly Arystan aviakompaniyasining Pavlodar, Olma Ota va Kostanayga 3 ta reysining kelishi kechiktirilgan.

16 ta reys parvozi kechiktirildi: 6 tasi — «Eyr Astana» aviakompaniyasi (shu jumladan Toshkent va Kiyevga xalqaro reyslar), 6 tasi — SCAT aviakompaniyasi (shu jumladan Moskva va Pragaga xalqaro reyslar) va 4 tasi — Qazaq Air va Fly Arystan aviakompaniyalariga tegishli.

11 reys bekor qilindi: Frankfurtga Lufthansa, Istanbulga Turkish Airlines, Varshavaga LOT Polish hamda «Eyr Astana», Qazaq Air va SCAT reyslari.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi ham shamol tezligi 25 m/s ga etayotgan kuchli qor bo‘roni sababli Toshkent-Nur-Sulton-Toshkent reysini bekor qildi. Bunday ob-havo sharoiti samolyotlarni xavfsiz qabul qilish va jo‘natishga imkon bermaydi, deyiladi aviakompaniya xabarida.

«Kazgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda yana uch kun davomida qor bo‘ronlari davom etadi. Ko‘pgina viloyatlarda qalin qor yog‘ib, bo‘ron va juda kuchli shamol bo‘lishi, shimoliy hududlarda uning tezligi soniyasiga 30 metrgacha yetishi, tuman tushishi va erning muzlashi kutilmoqda.

Kiritildi: 16:29 23.01.2020. O'qildi: 2155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!