Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Adliya vazirligi Allamjonovning bayonotiga izoh berdi

Adliya vazirligi Allamjonovning bayonotiga izoh berdi

Adliya vazirligi AOKA direktori Komil Allamjonovning bugungi bayonotiga huquqiy izoh berdi. Ammo keltirilgan asosda sharhlar, izohlar yoki munosabatlarni nazorat qilish haqida hech narsa deyilmagan. 

Adliya vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning bugungi bayonotiga huquqiy izoh berdi. Unga ko‘ra postlar tagidagi sharhlarda qonunga xilof fikrlar, chaqiriqlar bo‘lsa, qonun talabiga ko‘ra blogerlar u “sharhlar o‘chirib tashlanishi” lozimligi ta’kidlanadi. Izohga “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun ilova qilingan

Qonunda nima deyilgan?

Qonunning 121-moddasiga ko‘ra, hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot Internet  axborot tarmog‘idagi veb sayt egasi, xususan blogerlar o‘z sahifasi yoki saytida

O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitusiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;

urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;

davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;

pornografiyani targ‘ib qilish;

qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart, deyilgan.

Shuningdek, qonunda veb sayt egasi, xususan blogerlar zimmasiga o‘zlari joylashtirayotgan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgarlik yuklanadi. Ammo ushbu moddada joylashtirilgan materialga nisbatan bildirilgan sharhlar, izohlar yoki munosabatlarni nazorat qilish haqida hech narsa deyilmagan.

Qayd etish lozim, oldinroq AOKA “Ozodlik” saytini agentlik direktoriga nisbatan trollar hujumini uyushtirishda ayblagandi.

Kiritildi: 17:43 14.08.2019. O'qildi: 2058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!