Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasidan ketadimi?

Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasidan ketadimi?

Sport sharhlovchisi, jurnalist, O‘FA matbuot va media departamenti direktori Davron Fayziyev Vadim Abramovning futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasidan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi.

"Savol yo‘llashyapti,
O‘zbekiston Milliy terma jamoasida murabbiy almashar ekanmi, SH.Beg‘amov yozibti, Abramov o‘rniga Toshev kelarkan, to‘g‘rimi, deb.

Javob beraman, bu yolg‘on ma’lumot, umuman unday reja, taxmin va hatto gap ochilgani yo‘q. Vadim Abramov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettiradi. Buni shaxsan o‘z nomimdan va O‘FA nomidan tasdiqlashim mumkin.

Faqat aniq ma’lumotlarga ishoning, tekshirilmagan informasiyaga chalg‘imang", — deb yozdi Fayziyev telegramdagi sahifasida.

Kiritildi: 13:43 05.06.2020. O'qildi: 3977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!