Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berishdi

Abituriyentlar Bilim va malalakalarni baholash agentligini sudga berishdi

Joriy yil iyul oyida yuridik yo‘nalishlarga imtihon topshirgan abituriyentlarga moddalar sanksiyalaridan (qancha jarima belgilangan, necha yilga “qamaladi” kabi) savollar tushgan.

Ushbu ishda advokatlik qilayotgan Muxriddin Shamsiddinov yozishicha, u advokat sifatida ushbu ishga kirishgan va sud ishini yoritib borish maqsadida OAVni jalb etish bo‘yicha sudga iltimosnoma taqdim etgan.

"Universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlashni qatiy man etardi. Ya’ni biz umuman sanksiya yodlamasdik. Chunki birinchidan, yodlashni umuman imkoniyati yo‘q, ikkinchidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bo‘lmaydi.

Bugundan advokat sifatida ishga kirishdim. Hozir Toshkent tumanlararo ma’muriy sudidaman. Ish bilan tanishish va OAVni jalb etish bo‘yicha sudga iltimosnoma taqdim etaman" deyiladi Muxriddin Shamsiddinov xabarida.

Kiritildi: 13:28 11.10.2024. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!