Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Abdulla Aripov hayratda qoldi

Abdulla Aripov hayratda qoldi

Moskva viloyatini boshqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy tizimlar Abdulla Aripovda katta taassurot qoldirdi. 

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskva viloyatida Dmitriy Medvedev bilan uchrashib, bu yerda qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv texnologiyalari bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik. 

“Biz siz bilan tez-tez uchrashib turibmiz va bu juda yaxshi. Bu Rossiya va O‘zbekiston orasidagi munosabatlar o‘sishini anglatadi, bu iqtisodiy hamkorlik yanada chuqurlashayotganidan darak beradi”, - dedi Medvedev uchrashuv boshida.

Shuningdek, Rossiya bosh vaziri yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan tashrifi foydali va qiziqarli bo‘lganini qayd etdi va o‘shanda Aripovga Moskvada qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv texnologiyalari bilan tanishtirishni va’da berganini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston bosh vaziri Moskva viloyatida bo‘lgan tashrifidan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi.

“Bugun biz Moskva viloyatida ko‘rgan, yuqori texnologiyalardan foydalangan holda shunday yirik hududni boshqarish jarayonlari, ochig‘ini aytganda - bizni hayratga soldi”, - dedi Aripov va uning o‘zi ushbu soha mutaxassisi ekanini qayd etdi.

Bunga javoban Medvedev bundan xabardor ekanini va aynan shuning uchun taklif qilganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov Toshkent aloqa institutini bitirgan va elektr aloqasi muhandisi lavozimida bir necha yil ishlagan.

Kiritildi: 06:15 12.07.2019. O'qildi: 7917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!