Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

A Seriya. Shomurodov ilk golini urdi. Ammo bahsda «Jenoa» o‘z uyida «Parma»ga mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. Shomurodov ilk golini urdi. Ammo bahsda «Jenoa» o‘z uyida «Parma»ga mag‘lub bo‘ldi

Italiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. 

«Jenoa» o‘z uyida «Parma» bilan bahs yuritib, imkoniyatni boy berdi va 5 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi. Jervinyoning dubliga genuyaliklardan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bir bor javob berdi. Bu – Eldorning A Seriyadagi ilk goli. 

Ma’lumot uchun, Shomurodov gol urganiga qaramay, 69-daqiqada zaxiraga olindi.

Turning yana bir bahsida «Torino»  Turinda «Sampdoriya» bilan jangovar durang qayd etdi.

A Seriya, 9-tur, 30 noyabr

Jenoa – Parma 1:2
Gollar: Shomurodov (50) – Jervinyo (10, 47).
Jenoa – Paleari, Gilyone (Pyasa, 82), Goldaniga, Bani, Pellegrini, Lerager (Zays, 69), Badel (Parijini, 81), Sturaro, Sapata, Shomurodov (Pandev, 69), Skamakka. 
Parma – Sepe, Byusi (Yakoponi, 73), Brunu Alvesh, Osorio, Galyolo (Lorini, 19), Kurtich, Kuska, Karamo (Grassi, 74), Skossarella (Ernani, 63), Jervinyo, Kornelius.

Kiritildi: 09:34 01.12.2020. O'qildi: 2304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!