Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

A Seriya. «Milan» qiyin g‘alabaga erishdi, «Inter» esa ochko yo‘qotdi (video)

A Seriya. «Milan» qiyin g‘alabaga erishdi, «Inter» esa ochko yo‘qotdi (video)

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 20-turi doirasida 19 yanvar, yakshanba kuni 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Stefano Pioli qo‘l ostidagi «Milan» «Djuzeppe Meassa»da «Udineze»ni qabul qildi.

Belalshuv davomida mehmon jamoa vakillari Yens Larsen (6) va Kevin Lazanya (85) Janluiji Donnarumma qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, «rossoneri»larning gollariga Ante Rebich (48, 90) hamda Teo Ernandes (71) mualliflik qildi.

Shu tariqa milanliklar qiyin kechgan bahsda «Udineze»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, «Milan» mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari  sonini 28 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Udineze» esa 24 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Antonio Konte boshqaruvidagi Milanning boshqa bir klubi «Inter» esa «Lechche» maydoniga safar qildi.

O‘yinning 71-daqiqasida «neradzurri»lar himoyachisi Alessandro Bastoni hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib mezbon jamoa yarim himoyachisi Marko Mankozu hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, «Inter» 47 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. «Lechche» esa 16 ochko yig‘ib 17-pog‘onadan joy oldi.

A Seriya

20-tur bahslari

19 yanvar, yakshanba

«Milan»—«Udineze» 3:2

Gollar: 0:1 — 6 Larsen, 1:1 — 48 Rebich, 2:1 — 71 Teo, 2:2 — 85 Lazanya, 3:2 — 90 Rebich

«Bolonya»—«Verona» 1:1

Gollar: 1:0 — 20 Bani, 1:1 — 81 Borini

«Breshiya»—«Kalyari» 2:2

Gollar: 0:1 — 20 Joao Pedro, 1:1 — Torregrossa, 2:1 — 49 Torregrossa, 2:2 — 68, penalti Joao Pedro

«Lechche»—«Inter» 1:1

Gollar: 0:1 — 71 Bastoni, 1:1 — 77 Mankozu

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 22:15 19.01.2020. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!