Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

8-qavatning deraza tokchasida o‘tirgan bolalar: Toshkent shahar IIBB vaziyatni o‘rgandi

8-qavatning deraza tokchasida o‘tirgan bolalar: Toshkent shahar IIBB vaziyatni o‘rgandi

2022 yilning 25 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan xavfli holat aks etgan video paydo bo‘ldi. Ikki nafar voyaga yetmagan bolani kattalar 8-qavatdagi panjara o‘rnatilmagan deraza tokchasiga chiqishiga yo‘l qo‘yib, ularning hayotiga xavf tug‘dirgan. Ushbu video Toshkent shahar IIBB e’tiboridan chetda qolmadi.

Aniqlanishicha, shu kuni bolalar yonida ularning buvisi, «Katta Olmazor» mahallasida yashovchi 1962 yil tug‘ilgan M.U. bo‘lgan. Ayol ikki nafar voyaga yetmagan nabiralarini nazorat qilmaganligi oqibatida, ular 8-qavatning panjara o‘rnatilmagan deraza tokchasida o‘tirishgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 27 may kuni “Katta Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inida muhokama o‘tkazildi. Unda mahalla raisi, faollari va fuqarolari, tuman hokimi yordamchisi, Chilonzor tumani IIO FMB maxalla profilaktika inspektori, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha inspektor, inspektor-psixologlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda bolalar xavfsizligini ularning ota-onalari tomonidan ta’minlash masalasi ko‘tarilib, mavjud vaziyat muhokama qilindi. Xonadon egalari bilan psixolog-inspektorlar ishtirokida, bunday loqaydlik va e’tiborsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tuman aholisiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-moddasi, ya’ni “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” haqida eslatildi.

Kiritildi: 12:34 28.05.2022. O'qildi: 4891 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!