Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

+78. Toshkentda va Namanganda aholi orasida koronavirus aniqlandi

+78.  Toshkentda va Namanganda aholi orasida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 6 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10362 (+78) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 29 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 16 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.
 
❗️Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 62 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 7 nafar, jami 106 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib yurtimizda 6628 (+106) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 3697 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 00:06 07.07.2020. O'qildi: 5012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!