Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

7 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda ayblanayotgan sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklari ustidan sud davom etmoqda

7 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda ayblanayotgan sobiq hokim o‘rinbosari va uning sheriklari ustidan sud davom etmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchilar Kamoliddin Shukurov (1977 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati - tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, “Afrosiyob Story Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari), Bobir Elmuradov (1983 yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bosh arxitekori lavozimida ishlaydi, ilgari Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan) va Temir Xalikulov (1960 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan, millati - o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti - oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, “Dilshod Ta’mir Dizayn” xususiy korxonada bosh muhandis lavozimida ishlaydi, ilgari “Kapital qurilish direksiyasi” davlat korxonasining rahbari lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Axmedova raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar K. Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismi, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 227-moddasi 1-qismi, 28,205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 28,209-moddasi 1-qismi;

B. Elmuradov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismi;

T. Xalikulov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi davom etib, guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda.

 

Aziz Obidov,

O‘zbekiston Respublikasi

Oliy sudi matbuot xizmati rahbari

Kiritildi: 16:21 06.12.2019. O'qildi: 2132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!