Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

7 davlat razvedkasi afg‘on masalasi bo‘yicha bayonot qabul qildi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

7 davlat razvedkasi afg‘on masalasi bo‘yicha bayonot qabul qildi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston razvedka xizmatlari xalqaro tashkilotlar va jahon hamjamiyatini afg‘on muammosi borasida yagona yondashuvni shakllantirishga chaqirdi. Bu haqda razvedka xizmatlari vakillarining Dushanbedagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonotda so‘z boradi.

“Uchrashuv ishtirokchilari xalqaro tashkilotlar va manfaatdor davlatlarni Afg‘oniston muammosini hal qilishda yagona yondashuvni ishlab chiqishga, bu mamlakatda qonun va tartibni o‘rnatishga, inklyuziv hukumat tuzishga, taranglik va zo‘ravonlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga chaqirdi”, deyiladi bayonotda.

7 davlat razvedka vakillari ko‘p sonli qurbonlarga sabab bo‘layotgan Afg‘onistondagi teraktlar va boshqa ko‘plab zo‘ravonlik harakatlari davom etayotgan og‘ir vaziyatga e’tibor qaratgan.

“Mamlakatda sodir bo‘layotgan murakkab jarayonlar tufayli turli millat vakillarining yosh avlod vakillari xalqaro terroristik tashkilotlarga jalb qilinayotgani qayd etildi”, deyiladi bayonotda.

Uchrashuv ishtirokchilarining ta’kidlashicha, xalqaro terrorchilik tashkilotlarining faoliyati Afg‘oniston davlatchiligiga tahdid solmoqda. Shu nuqtai nazardan, yig‘ilish ishtirokchilari mamlakatdagi barcha etnik, ijtimoiy va konfessiyaviy guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda inklyuziv hukumat tuzishning muhimligi va zarurligini qayd etgan.

“Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish uchun uchrashuv ishtirokchilari a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar platformalaridan foydalanish kerak”, deya xulosa qildi maxsus xizmat vakillari.

Kiritildi: 02:55 21.10.2021. O'qildi: 3823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!