Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

6 oylik bolasini kanalga uloqtirgan Jamila 15 yilga qamaldi: sabab nima edi?

6 oylik bolasini kanalga uloqtirgan Jamila 15 yilga qamaldi: sabab nima edi?

Ko‘lob sudi 24 yoshli ayolni olti oylik bolasini o‘ldirgani uchun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Xatlon viloyati Hamadoni tumanida yashovchi Jamila Karimova shu yilning iyun oyida erining qarindoshlari bilan janjaldan so‘ng o‘g‘li Muhammadjonni kanalga uloqtirdi.

Bolaning jasadi bir hafta o‘tib topildi, deya xabar beradi Ozodi Radiosi.

Mahkumning erining qarindoshlari Jamila turmushning birinchi kunidan boshlab yangi qarindoshlari bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatolmayotganini va, ehtimol, bolasining o‘limi bilan ulardan o‘ch olishni istaganini aytadi. Jamilaning o‘zi esa bu oilada doimiy ravishda zo‘ravonlik va haqoratlarga duchor bo‘lganini va o‘zini hamda bolasini o‘ldirishga uringanini ta’kidlaydi.

19 oktyabr kuni "Ozodi" radiosi ixtiyorida bo‘lgan sud qaroriga ko‘ra, ayol sudda avval bolani begonalar qaramog‘ida qolmasligi va azoblanmasgi uchun kanalga tashlaganini, lekin o‘z joniga qasd qilolmaganini tan olgan. Jamila qilgan ishidan chuqur afsusda ekanini va suddan hukmni e’lon qilishda uning yoshligini va chin dildan pushaymonligini inobatga olishini so‘ragan.

Xatlon viloyat sudidagi manbaning aytishicha, Jamila Karimova jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida bu ayolga nisbatan ikkinchi hukm chiqarildi. Birinchi marta Hamadoni tuman sudi uni o‘g‘irlik uchun qamoq jazosiga hukm qildi, ammo yangi tug‘ilgan bolasi borligi sababli unga muhlat berdi. "Oldingi muddat bilan birga ayol 16 yilni panjara ortida o‘tkazadi", dedi manba.

Hukm oktyabr oyining boshida e’lon qilingan va allaqachon qonuniy kuchga kirgan. Hech kim sud qaroriga shikoyat qilmagan.

Bu ayol erining oilasidagi hayotidan shikoyat qiladimi yoki yo‘qmi noma’lum.

Ayrim ruhshunoslarning taxminiga ko‘ra, jinoyat sodir etilgan paytda ayol ruhiy tushkunlikka tushgan, ammo sud Jamila Karimova ruhiy jihatdan sog‘lom va majburiy davolanishga muhtoj emasligini ta’kidladi.

Jamila Karimova 2018 yil boshida Umedjon Halimovga turmushga chiqib, Shamsiddin Shoxin tumanidan Xatlon viloyatidagi Hamadoni tumaniga ko‘chib o‘tadi. Ayol sudda ular bir-birlarini yaxshi ko‘rishlarini aytdi. Erining so‘zlariga ko‘ra, dastlab oilaviy munosabatlar yaxshi edi, ammo onasi Jamilani pul o‘g‘irlashda ayblaganidan keyin hamma narsa o‘zgardi. Umed suddan xotini uchun jazoni yengillashtirishni so‘radi.

Jamila, shuningdek, sudda qaynonasi Odinamo Gadoyeva uni doim tahqirlashi va haqorat qilishini, o‘g‘liga "xotining xunuk" deb gapirishini aytdi. Gadoyeva esa sudda, aksincha, kelini turmush qurgan dastlabki kunlaridan boshlab yangi oilaning biron-bir a’zosi bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatolmaganligini ta’kidladi. "Umedjon uni bizning uyimizga olib keldi va biz uni qabul qilishga rozi bo‘ldik", dedi u.

Kiritildi: 12:08 21.10.2019. O'qildi: 4291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!