Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

+56. Toshkent, Samarqand va Andijonda aholi orasida koronavirus aniqlandi

+56. Toshkent, Samarqand va Andijonda aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020 yil 21 iyun soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6272 (+56) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Bugun ayni shu soatgacha poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 66 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar,  Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 87 nafar bemor sog‘ayib, yurtimizda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4377 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1876 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:55 21.06.2020. O'qildi: 5406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!