Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

544 million so‘mlik velosiped ehtiyot qismlarini yashirincha olib kirish rejasi chippakka chiqdi

544 million so‘mlik velosiped ehtiyot qismlarini yashirincha olib kirish rejasi chippakka chiqdi

Tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratidan chetlab olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan olib kelingan konteynerlardagi velosiped ehtiyot qismlari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, umumiy qiymati 544,1 million so‘mlik 16 525 dona velosiped pokrishkalari, 27 200 dona kameralar va 3 650 dona nasoslar deklarasiyada ko‘rsatilganidan ortiqcha ekanligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 19:21 29.03.2020. O'qildi: 1668 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!