Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

4ta jiddiy xato: Toshkentni nega chang bosgani aytildi

4ta jiddiy xato: Toshkentni nega chang bosgani aytildi

Ekofaol Nataliya Shulipina Toshkent shahrida chang-g‘ubor hodisalari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Shaharda ventilyasiya yo‘q

Buning sababi shundaki, shaharda ventilyasiya yo‘q. Ilgari shaharda havo oqimlarining harakatlanishi, shahar havosida to‘plangan iflos moddalarini tashqariga chiqib ketishi, chang ko‘tarilishi oldi olish choralari ko‘zda tutilib shahar rejasi ishlab chiqilgan edi. Hayot omillarini hisobga olmagan holda palapartish va cheksizlikka qarab intilayotgan qurilish ob’ektlarida endilikdagi bosh rejada bu kabi omillarni inobatga olish yo‘q. Birgina shaharsozlikning palapartish tashkil etilayotgani asosiy muammo emas. Transport vositalaridan chiqayotgan iflos moddalar, daraxtlar kesilishi, suv havzalarining yo‘q qilinayotgani ham hudud uchun alohida xususiyatga ega mikroiqlim hosil bo‘lishiga va bu omil kelayotgan xavfni kuchaytirib berishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Yashil belbog‘ yo‘q

Chang-bo‘ronlari oldin respublikamizning cho‘l va chala cho‘l hududlarida tez-tez ko‘tarilgan. Buni inkor etib bo‘lmaydi. Tuproq qatlami o‘simlik bilan zich qoplanmaganmi, demak, shamolda qum, chang zarrachalari havoga ko‘tarilishi va chang bo‘ron hodisasini vujudga keltirishi tabiiy. Ammo, oldinlari yangi yerlar o‘zlashtirilganda, yaratilgan paxtazor va o‘zlashtirilgan yerlar atrofiga qalin tutzor, shamol kuchini pasaytiruvchi, shamolga chidamli daraxtlar ekilib, ixotalangan. "Buxoro belbog‘i" nomi bilan mashhur atamani eslab o‘tishni o‘zi kifoya. Bu kabi ishlar o‘sha paytda ilmiy asoslangan siyosat mahsuli edi.

Hozir unday emas, yangi o‘zlashtirilgan yerlar atrofi daraxtlar bilan deyarli ixotalanmaydi. Ko‘pchilik fermerlar agranom emas, ular tabiatga emas, yerlarga qiziqadi, har bir yerdan unumli foydalanishga maksimal harakat qiladi. Yashil kamarlar tashkil etilmaydi, buni xayoliga xam keltirishmaydi, shamollar esa huvullab u yoqdan bu yoqqa aylanib, xoxlagan ishini qilib yuraveradi.

O‘tgan asrning 50 yillari qozoq yerlari mustahkam o‘simlik qoplamiga ega landshaftli zamin edi. Ularda ham yerlarni o‘zlashtirish boshlanib ketdi. Chordara suv ombori qurilishi ortidan, ming minglab gektar yerlar haydaldi. Oxirgi yillar Qozog‘iston janubida iqlim o‘zgarishi, o‘zgarish fonida haroratning isishi va qurg‘oqchilik omili tuproq degredasiyasini kuchaytirib yubordi. Endilikda, hattoki, kuz-qish oylarida kutilajak shamollardan Toshkent viloyati atrof hududlarida chang bo‘ronlar ko‘tarilishi xavfi paydo bo‘lib qoldi.

Hozirgi vaziyat va mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, daraxtzorlar tashkil etish shu muammoni yechishdagi optimal variantdir. Ammo, iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik omilining xavflilashib borish kutilmalari inobatga olinsa, kelgusida ularni sug‘orish masalasi ham mahalliy hokimyatlar oldida asosiy bosh qotirma bo‘ladi.

Suv zaxiralari kamaymoqda

Shuning uchun sug‘orishning boshqa yo‘llarini izlagan va uni amalda qo‘llagan ma’qul. Masalan, respublikaning yil davomida 180-300 mm oraliqda yog‘in yog‘adigan adir, tog‘ oldi va ayrim tekislik mintaqalarida mulcha, bepoyon cho‘l va chalacho‘l mintaqalarida ekilgan ko‘chatlarga esa gidrogel o‘g‘itini qo‘llash usuli o‘z samarasini berishi mumkin. Mulcha usuli yordamida bog‘ yaratishda sug‘orish talab etilmaydi. Tuproq namini plenka yordamida ushlab qolish evaziga yashillilikni barpo etish mumkin. Gidrogel o‘g‘itlari esa qish-baxor oylarida yog‘gan yog‘in hisobiga, cho‘l va chala cho‘llarda tuproq namini uzoqroq ushlab turish xususiyatiga ega. Bu sug‘orish usullari bo‘yicha ilmiy sferada olimlarimiz uzoq yillik ilmiy va amaliy tadqiqot ishlarini olib borgan.

Ignabargli daraxtlar ekishni kamaytirish kerak

Albatta, joylarda ekilayotgan ko‘chatlar turini ham joyning geografik sharoitidan kelib chiqib tanlash kerak. Ignabargli daraxtlar ekishni kamaytirish kerak. Cho‘l va chala cho‘l hududlarida mahalliy saksovul, yulg‘un kabi buta va yarim buta o‘simliklari ekilishi maqsadga muvofiq. Iqlimning kelgusida isishi inobatga olinib, keng bargli daraxtlarga urg‘u berish, keng bargli daraxtlarni tanlashda allergiyani keltirib chiqarmaydigan turlar tanlab olinishi lozim.

Masalan, Innovasiya vazirligi poytaxt ko‘chalariga 26 turdagi allergiyani kam qo‘zg‘atadigan keng bargli daraxtlarni ekishni tavsiya qilyapti.

Kiritildi: 16:47 22.11.2021. O'qildi: 6667 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!