Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

40 mln so‘mlik aliment undirildi

40 mln so‘mlik aliment undirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 08.02.2019 yildagi  sud buyrug‘iga asosan Qo‘qon shahar, A.T.Ho‘qandiy ko‘chasi, 118-uy, 27-xonadonda yashovchi fuqaro O.Qulmatovdan undiruvchi L.Ro‘zimatova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur sud buyrug‘i yuzasidan 14.02.2019 yilda Majburiy ijro byurosining Qo‘qon shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida sud buyrug‘ida ko‘rsatilgan qarzdor O.Qulmatovning Qo‘qon shahar, A.T.Ho‘qandiy ko‘chasi, 118-uy, 27-xonadoni o‘rganilganida u yerda yashamayotganligi aniqlangan va uning nomiga rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulklar, pul mablag‘lari va transport vositalari tekshirilgan, biroq ijobiy natija yo‘q.
Davlat ijrochilari va bo‘lim tezkor xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida qarzdor O.Qulmatov Muqimiy shaharchasi, 44-uy,               24-xonadonda yashab kelayotganligi aniqlangan va u bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbat natijasida undiruvchi bilan aliment masalasida kelishuvga erishgan.
Ya’ni qarzdor O.Qulmatov undiruvchi L.Ro‘zimatovaga kelgusidagi aliment to‘lovlari hisobidan jami 40,0 mln. so‘m mablag‘ taklif qilgan va undiruvchi ushbu mablag‘ni qabul qilib alimentdan to‘liq voz kechgan.

Kiritildi: 16:38 03.07.2019. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!