Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

37 yoshli o‘zbekistonlik erkak Rossiyada qurilish ob’ektidan tushib ketib, vafot etdi

37 yoshli o‘zbekistonlik erkak Rossiyada qurilish ob’ektidan tushib ketib, vafot etdi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 27 noyabr kuni qurilish ob’ektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi natijasida 1983 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi A.M. vafot etdi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar qildi. 

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga oldi, hamyurtmizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Kiritildi: 16:15 01.12.2020. O'qildi: 2857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!