Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

350 mingga yaqin suriyaliklar Turkiyadan uylariga qaytishdi

350 mingga yaqin suriyaliklar Turkiyadan uylariga qaytishdi

23 avgust kuni Turkiyaning chegara qo‘shinlari tomonidan olib borilgan harbiy amaliyotlar natijasida «Furot qalqoni» va «Zaytun filiali» operasiyalarida terroristlardan tozalangan 346 mingdan ortiq suriyalik Suriyadagi yashash joylariga qaytishdi», dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu Livandagi qo‘shma matbuot anjumanida.

Livan poytaxti Bayrutda, rasmiy jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda, Chavushog‘lu suriyalik qochqinlarning o‘z vatanlariga ixtiyoriy ravishda qaytishiga e’tibor qaratdi.

Uning aytishicha, Turkiya Livan bilan suriyalik qochqinlar vatanlariga qaytganida xavfsizlikni qanday ta’minlash borasida o‘z tajribalarini baham ko‘rishi mumkin.

«Biz Livan, Iordaniya va Iroq bilan suriyalik qochqinlarning o‘z mamlakatlariga qaytishlari bo‘yicha qo‘shma forum tashkil qilishimiz mumkin», dedi vazir.

Chavushog‘lu shuningdek, xalqaro hamjamiyatni suriyalik qochqinlarga nisbatan «sezgir» bo‘lishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya suriyalik qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha dunyoning boshqa barcha mamlakatlaridan oldinda (3,6 million). Undan keying o‘rinni Livan egallaydi (1,5 million).

 

Kiritildi: 14:30 25.08.2019. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!