Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

33-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan 45 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumdi

33-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan 45 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumdi

Poytaxtlik Z. 45 yoshga to‘lgan edi. Unda bir necha kun davomida koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilib, tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik kuzatilgan.

Ammo shunday  bo‘lishiga qaramasdan u shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilmay, uy sharoitida davolanib yurgan.

Natijada shu yilning  30 iyun kuni  Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘ta og‘ir holatda, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan  olib kelinib, reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga (erkak kishi) yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak va nafas  yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar  va yetakchi mutaxassislar tomonidan kerakli maslahat va  telemedisina orqali bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:00 05.07.2020. O'qildi: 5597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!