Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

30-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan erkak vafot etdi

30-o‘lim! Toshkentda koronavirusga chalingan erkak vafot etdi

Joriy yilning 1 iyul kuni poytaxtimizda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) o‘ta og‘ir ahvolda  Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish  apparatiga ulangan.

Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020 yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qo‘yilgan.

Bemorga  Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha  bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Joriy yilning 3 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 

Kiritildi: 15:44 04.07.2020. O'qildi: 4847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!