Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

3 yilga OAVlarning foyda solig‘i ikki baravarga qisqartirildi

3 yilga OAVlarning foyda solig‘i ikki baravarga qisqartirildi

Prezident 27 may — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan boshlab 2025 yil 1 iyulga qadar:

Ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi. Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan OAVlar bundan mustasno.

Bundan tashqari, byudjet tashkilotlariga ulardagi «kutubxona fondi» xarajat moddasi orqali davriy bosma nashrlar, ularning elektron shakli va elektron ommaviy axborot vositalariga obuna bo‘lish uchun mablag‘ yo‘naltirishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 23:35 27.06.2022. O'qildi: 2158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!