Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

26 yillik jahon rekordini yangilagan yengil atletikachi

26 yillik jahon rekordini yangilagan yengil atletikachi

Shvesiyalik yengil atletikachi Arman Dyuplantis langarcho‘p bilan balandlikka sakrashda sobiq ittifoq va Ukrainaning nomdor sportchisi Sergey Bubkaning jahon rekordini yangiladi.

Sportchi bunga “Brilliant ligasi”ning Rimda o‘tgan bosqichida erishdi. U 6,15 metrga balandlikka sakrab, ochiq inshootlardagi musobaqalar uchun Bubka tomonidan 1994 yilda o‘rnatilgan rekordni 1 smga yaxshilay oldi.

E’tiborlisi, Armanga yana bir yuqori natija tegishli bo‘lib, u yopiq inshootlardagi musobaqalarda balandlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblanadi. Sportchining natijasi 6,18 metrni tashkil qilib, u bunga fevral oyida o‘tgan musobaqada erishgan. Bundan bir hafta oldin esa u 6,17 metrga sakrab, fransiyalik yengil atletikachi Reno Lavillenining natijasini 1 smga yaxshilay olgandi.

Kiritildi: 12:42 18.09.2020. O'qildi: 2096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!