Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

+26. Toshkentda yana aholi orasida koronavirus aniqlandi

+26. Toshkentda yana aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020 yil 5 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3965 (+26) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 5 nafari Samarqand viloyatida hamda yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 2 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 3087 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
 
Hozirda mamlakatimizda 862 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 
 

Kiritildi: 10:02 05.06.2020. O'qildi: 4426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!