Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

2100 yil: millionlab odamlar halok bo‘lishi mumkin

2100 yil: millionlab odamlar halok bo‘lishi mumkin

Asr oxiriga kelib, har 100.000 kishidan 73 nafari iqlim inqirozi tufayli yuzaga kelgan ekstremal haroratlardan o‘lishi mumkin. Issiqxona chiqindilarini keskin kamaytirish orqali halokatli oqibatlarning oldini olish mumkin, deydi olimlar.

Bu haqda “ekolog.uz” xabar bermoqda.

“Climate Impact” laboratoriyasining bir guruh olimlari 2100 yilga kelib, iqlim inqirozi natijasida kelib chiqqan to‘lqin va chaqnashlar yiliga bir necha million odamni o‘ldirishi mumkinligini hisoblab chiqishdi. Agar uglerod chiqindilarining keskin kamayishiga erishilmasa, har 100.000 kishidan 73chi asrning oxiriga qadar yuqori haroratdan nobud bo‘ladi. Masalan, agar Yer aholisi bu vaqtga qadar 10 milliard kishini tashkil qilsa, u holda har yili 7,3 million odam jaziramadan o‘lishi mumkin.

Bangladesh, Pokiston va Sudan kabi mintaqalarda o‘lim darajasi har 100 ming kishiga 200 tagacha ko‘tarilishi mumkin.⠀

“Climate Action Tracker” mutaxassislari so‘nggi yillarda ba’zi mamlakatlarda issiqxona gazlari emissiyasi kamayishni boshlaganini ta’kidlashmoqda.

Kiritildi: 04:00 14.08.2020. O'qildi: 9930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!