Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

2064 yil — Yer yuzini qanday o‘zgarish kutmoqda?

2064 yil — Yer yuzini qanday o‘zgarish kutmoqda?

Er populyasiyasining eng yuqori cho‘qqisi 2064 yilda kuzatiladi – bu vaqtda sayyora aholisi taxminan 9,73 milliard kishiga yetadi. BMTning bashoratiga ko‘ra, asr oxiriga qadar dunyo aholisi 11 milliard kishini tashkil qiladi, deb yozadi The Lancet.

Vashington Tibbiyot Maktabi universitetning Sog‘liqni saqlash metrikasi va Baholash instituti olimlariga ko‘ra, 2064 yildagi cho‘qqidan keyin asta-sekin pasayish boshlanadi, bu keyin ham davom etadi va 2100 yilda Yer yuzida taxminan 8,79 milliard odam qoladi. Shu bilan birga, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi oshadi, bu deyarli butun dunyoda kamida 74 yoshni tashkil qiladi.

Demografik o‘zgarishlarning sabablari ta’limning tarqalishi, Afrika, Yaqin Sharq va ba’zi Osiyo mamlakatlarida zamonaviy kontrasepsiya vositalaridan keng foydalanish hisoblanadi.

Hozir dunyoda taxminan 7,59 milliard kishi yashaydi.

Kiritildi: 15:49 15.07.2020. O'qildi: 10118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!