Joriy yilda 54 nafar jurnalist xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar beradi 24kz.
Fojiali voqealarning aksariyati harbiy amaliyotlar olib borilayotgan mamlakatlarda qayd etilgan. Hozirda OAV xodimlari uchun eng xavfli hudud G‘azo sektoridir.
Tegishli ma’lumotlar “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkilotining hisobotida keltirilgan. Bundan tashqari, 550 nafar jurnalist hibsga olingan. Bu o‘tgan yilgidan biroz ko‘p. Ko‘plab OAV vakillari Xitoy, Myanma, Isroil va Belarusdagi qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tamoqda.