Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

2022-yilda O‘zbekistonda ko‘rsatilgan transport xizmatlarini tahlil qilindi

A A A
2022-yilda O‘zbekistonda ko‘rsatilgan transport xizmatlarini tahlil qilindi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari 2022-yilda O‘zbekistonda ko‘rsatilgan transport xizmatlarini tahlil qildi.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 357 554,5 milliard so‘mni tashkil etgan. Transport xizmatlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan (22,7%).

Transporti xizmatlari orasida avtomobil transporti eng katta ulushga ega (51%). Undan keyingi o‘rinlarni havo transporti (14,2%), quvurlar orqali yetkazish (13,1%) va temir yo‘l transporti (11,4%) egallagan.

Respublika hududlari bo‘yicha ko‘rsatilgan transport xizmatlarining umumiy hajmida eng katta ulushga ega hududlar:
- Toshkent shahri – 13 112,7 milliard so‘m (25,5%);
- Toshkent viloyati – 5 946,4 milliard so‘m (11,6%);
- Samarqand viloyati – 5 333,6 milliard so‘m (10,4%).
Eng past ko‘rsatkichli hududlar:
- Navoiy – 1 497,9 milliard so‘m (2,9%);
- Jizzax – 1 164,7 milliard so‘m (2,3%);
- Sirdaryo – 666,2 milliard so‘m (1,3%).

2022-yilda transport xizmatlar eksportida eng katta ulush quvur orqali tashish xizmatining hissasiga to‘g‘ri kelgan (682 659,1 ming AQSh dollari). Undan keyingi o‘rinlarni temiryo‘l transporti (508 900,4 ming AQSh dollari), havo transporti (466 110,2 ming AQSh dollari) va avtomobil transporti (45 266,3 ming AQSh dollari) egallagan.

Kiritildi: 07:14 07.02.2023. O'qildi: 3158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!