Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

2021 yildan viloyat va tumanlarda ham avtobuslar uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etiladi

2021 yildan viloyat va tumanlarda ham avtobuslar uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov transport sohasini rivojlantirish yo‘lidagi muammolar va yangi rejalar haqida ma’lumot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Bizda hal qilinishi kerak bo‘lgan eng katta masalalardan biri bu – yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini takomillashtirish hisoblanadi.

Biz hozir bu sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida yo‘nalishsiz taksilarga bo‘lgan talabni soddalashtirish ustida ishlayapmiz», – degan u 8 yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Vazirga ko‘ra, ayni vaqtdagi ishlanma shu yilning 1 fevraligacha hujjat sifatida Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Ilhom Mahkamov brifing davomida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlarining shu yildan viloyat va tumanlarda yo‘lga qo‘yilishi haqida ham gapirgan.

«2020 yil Toshkent shahrida metropoliten va avtobus yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ydik. 2021 yilda esa buni barcha viloyat markazlari va tumanlarda ham yo‘lga qo‘yishni reja qilyapmiz», – degan vazir.

Kiritildi: 14:04 10.01.2021. O'qildi: 2410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!