Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

2019 yil oxiriga qadar Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashishi mumkin?!

2019 yil oxiriga qadar Tramp Kim Chen In bilan yana uchrashishi mumkin?!

AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilda yana bir bor KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi.

Jurnalistlarning “Shimoliy Koreya rahbari bilan uchinchi uchrashuv 2019 yil oxirigacha bo‘lishi mumkinmi?” degan savoliga «Qaysidir vaqtda, ha. Albatta, ular uchrashishni xohlamoqda. O‘ylashimcha, bu sodir bo‘ladi», — degan Donald Tramp.

AQSh prezidenti va KXDR yetakchisining bundan oldingi uchrashuvi iyun oyida Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi qurolsizlangan hududda bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunlarida ikki mamlakat yetakchilari muzokaralarga oid vaziyatni bartaraf etuvchi ishchi guruhni tuzishga kelishib olgan edi. 10 sentyabr kuni KXDR AQSh bilan muzokaralarni tiklashga tayyorligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:40 13.09.2019. O'qildi: 1649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!