Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

200 dan ortiq o‘zbek harbiylari tojik-afg‘on chegarasiga bordi

200 dan ortiq o‘zbek harbiylari tojik-afg‘on chegarasiga bordi

Ta’kidlanishicha, harbiy kontingent Termizdan Xatlonning “Xarbmaydon” poligoniga qadar o‘z harbiy texnikasida 200 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan. Kecha, 1 avgustdan o‘zbek askarlari va ofiserlari “Xarbmaydon” poligoniga qo‘mondonlik punktlarini joylashtirgan va o‘q otish joylarini o‘rnatishni boshlagan.

O‘zbek askarlari va ofiserlari 5-10 avgust kunlari tojik-afg‘on chegarasi yaqinidagi poligonda o‘tkaziladigan Tojikiston, Rossiya va O‘zbekiston Qurolli kuchlari bo‘linmalarining qo‘shma mashg‘ulotlarida qatnashadi.

O‘zbekiston “Xarbmaydon” poligoniga 20 dan ortiq harbiy texnika ham yuborgan. Mashqlarda Tojikiston, Rossiya va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Afg‘onistondan Tojikiston hududiga to‘dalar ko‘chishi masalasida birgalikda harakatlar ishlab chiqadi.

Mashqlarga aviasiya, artilleriya, zirhli texnika, shuningdek, uch davlatning 2 mingdan ortiq askar va ofiserlari jalb qilinadi.

Avvalroq, joriy yilning avgust va sentyabr oylarida Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar bergandik. Qayd etish kerakki, ushbu harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi Surxondaryo viloyati Termiz shahri poligonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:00 02.08.2021. O'qildi: 2739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!