Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX Ohangaron shahar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 20 yoshli qiz odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan ayol (H.T.) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan ayol (Z.O.)ni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayolni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi zarur bo‘lgan.
Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.